Dzanolo ham “Roma”dan ketishga tayyor

  • 18.01.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning universal futbolchisi Nikolo Dzanolo harchand urinmasin klub rahbariyati tomonidan unga yangi bitim taqdim qilinmadi.

Tecno

Mutasaddilar futbolchining ko‘p jarohat olayotgani va unga butun mavsum davomida barqarorlik etishmayotgani bois, muzokarani to‘xtatib qo‘ygan edi.

Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi mavsum yakunlanishi bilan klubni tark  etishi kutilmoqda.

Dzanolo darajasidagi futbolchiga yangi ish topish muammo bo‘lmaydi. Manbaning ta’kidlashicha, hozirning o‘zida “Vest Xem”,  “Nottingem Forest”, “Milan”, “Yuventus”, “Borussiya” va “Atletiko” hujumkor futbolchiga hamkorlik taklif qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!