
Dzanolo transferiga bir qadam qoldi
“Roma”dan ketishga qaror qilgan hujumkor futbolchi Nikolo Dzanolo faoliyatini “Tottenxem”da davom ettirishi mumkin.
Italiya matbuoti tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Endi Dzanolo tez kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin shartnoma imzolash marosimida qatnashishi kutilyapti.
Dzanoloning “Roma” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan klublar taklifni 30 million evrodan boshlashi kerak bo‘ladi.
Dzanolo joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi. Futbolchining oxirgi ikki yilda tizzasidan ikki marotaba og‘ir jarohat olgani uning kelajagiga ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar