
Dzyudo. Bugun Dushanbe Gran-Prisida 8 nafar vakilimiz tatamiga chiqadi
Dzyudo bo‘yicha Dushanbe Gran-prisining ikkinchi kun bahslari start olmoqda. Bugun erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar -63 kg va -70 kg vazn toifasilarida kurashishadi.
Ushbu toifalarda tatamiga chiqadigan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari va ularning birinchi bosqichdagi raqiblari bilan tanishing:
-73 kg: Shahram Ahadov – Lukas Riter (Avstriya)
-73 kg: Javohir Saparov – Mirzojamil Ramazonov (Tojikiston)
-81 kg: Hikmatulloh To‘raev – Kell Berliner (AQSh)
-81 kg: Muso Sobirov – Anri Egutidze (Portugaliya)
-63 kg: Farangiz Hojieva – Dena Pol (Germaniya)
-63 kg: Sevinch Isoqova – Amina Belkadi (Jazoir)
-70 kg: Nodira Yo‘ldosheva – Darya Xramoikina (Neytral sportchi)
-70 kg: Shoxista Nazarova – Ying Fen (Xitoy)
Fikrlar