Dzyudo. Bugun hamyurtlarimiz “Katta Dubulg‘a” turniridagi ishtirokini boshlaydi

  • 04.11.2022 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning dastlakbki kunida engil vazn toifasidagi bahslarda 8 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurashga kirishadi.

Ular bugun bellashuvlarni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Dilshod Baratov – Baurjan Narbaev (Qozog‘iston)

-60 kg: Kemran Nurillaev – Muhammad Mahmadizoda (Tojikiston) / Bekirbek Morgoev (Ukraina)

-66 kg: Azizbek Ortiqov – Muhammed Demirel (Turkiya)

-66 kg: Muhriddin Tilovov – Alberto Martin (Ispaniya)

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Binta Ndiae (Shveysariya) / Gultaj Mammadalieva (Ozarbayjon)

-52 kg: Sita Qadamboeva – Kelli Deguchi (Kanada)

-57 kg: Shukurjon Aminova – Arleta Podolak (Polsha)

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Kitti Kovash (Vengriya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!