
Dzyudo. Bugun hamyurtlarimizning “Katta Dubulg‘a” turniridagi raqiblari ma’lum bo‘ladi
Joriy yilning, 21-23 oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turniri bo‘lib o‘tadi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 65 davlatidan jami 419 (243 erkak, 176 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar dzyudochisi ham murosasiz bellashuvlarda ishtirok etadi. Ushbu musobaqada g‘oliblik uchun tatamiga chiqadigan hamyurtlarimiz quyidagicha:
Erkaklar:
-73 kg: Shahram Ahadov; Obidxon Nomonov;
-100 kg: Otabek To‘raboev;
+100 kg: Bekmurod Oltiboev.
Ayollar:
-48 kg: Xalimajon Qurbonova;
-52 kg: Diyora Keldiyorova;
-57 kg: Shukurjon Aminova;
-70 kg: Shohista Nazarova;
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva.
Fikrlar