Dzyudo. Diyora Keldiyorovaning omadi kelmadi

  • 07.10.2022 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Dzyudo

Toshkentda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan Diyora Keldiyorova 3-bosqichda qoqildi.

Keldiyorova bu bosqichda braziliyalik Larissa Pimentaga qarshi tatamiga chiqdi va qo‘shimcha vaqtlarda imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik dzyudochilarning bugungi dasturdagi chiqishlari o‘z nihoyasiga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
asdf1234
07/10/2022 17:12
essiz musobaqaga sarflangan byudjet mablaglari