Dzyudo. Ozarbayjon terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi

  • 20 sentabr, 2022, 09:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon terma jamoasi murabbiylar shtabi 6-13 oktyabr kunlari Toshkent shahri mezbonligida o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni e’lon qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

E’tiborga molik jihati shundaki, eronlik dzyudochi, Olimpiada sovrindori, jahon chempioni Said Mollai Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida O‘zbekistonga keladi. Avvaliga Eron, keyin Mo‘g‘uliston sharafini himoya qilgan Mollai endi Ozarbayjon libosida musobaqalarda ishtirok etyapti. U Mo‘g‘uliston uchun Tokio Olimpiadasida kumush medalni taqdim etgan edi. Said shu yil Ozarbayjon safida Budapesht "Katta Dubulg‘a" hamda Zagreb Gran-pri turnirlarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoa tarkibi: Karamat Guseynov (60 kg), Orxan Safarov, Yashar Nadjafov (ikkisi ham - 66 kg), Rustam Orudjev, Hidayat Geydarov (ikkisi ham - 73 kg), Said Mollai (81 kg), Mamedali Mextiev (90 kg), Zelim Kotsoev (100 kg), Ushangi Kokauri (+100 kg), Leyla Alieva (48 kg), Gultaj Mamedalieva (52 kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!