Dzyudo. Poytaxtimizda o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turnirining ikkinchi kunida ham ikki nafar hamyurtimiz shohsupana ko‘tarildi

  • 02.03.2024 20:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Toshkent mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirining ikkinchi kuida ikki nafar hamyurtimiz shohsupana ko‘tarildi. Jumladan, Shahram Ahadov va Obidxon No‘monov biz uchun bugungi kun qahramonlariga aylanishdi. -73 kg vazn toifasida qatnashgan har ikki dzyudochimiz g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlarini munosib tarzda namoyish etishdi.

Afsuski, bronza medali uchun bahsda jarohat olgan Obidxon No‘monov taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadi. G‘olib va sovrindorlarga medallarni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov topshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!