Dzyudo. Sharofiddin Boltaboev jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi

  • 21.05.2024 20:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo

Xabar berganimizdek, Abu-Dabi shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining bugungi dasturida bir nafar hamyurtimiz tatamiga chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sharofiddin Boltaboev jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bellashuvda Koreya Respublikasi dzyudochisi Jun Hvan Liga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, vakilimiz medal uchun kechgan bellashuvda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Shunday bo‘lsa-da, Boltaboev jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi so‘nggi 720 reyting ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Sharofiddin Boltaboev shu oy boshida Astanada bo‘lib o‘tgan "Katta Dubulg‘a" turnirida chempion bo‘lgan edi.

Terma jamoamiz a’zolarining Jahon chempionatidagi ishtiroki davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!