Dzyudo. Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov "Katta dubulg‘a" turniri finalida jang qildi

  • 26 iyun, 2022, 14:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ulan-Bator shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kun final bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Hozirgina -90 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov ishtirokidagi final uchrashuvi yakunlandi. Hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Mixail Igolnikovga qarshi tatamiga chiqdi.

Bobonov IJF bayrog‘i ostida kurashgan raqibiga imkoniyatni boy berib, Ulan-Bator “Katta Dubulg‘a” turniri kumush medali hamda qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!