Dzyudo. Vakillarimiz Avstriyaga jo‘nab ketdi

  • 04.06.2022 17:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasining olti nafar a’zosi Avstriya yig‘inida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi.

Gras shahridagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 6-9 iyun kunlariga belgilangan. Shundan so‘ng, yoshlar va kattalar terma jamoamiz Xorvatiyaning Porech shahrida tashkil etiladigan xuddi shunday xalqaro mashg‘ulotlarga yo‘l oladi. Xorvatiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 12-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun Avstriya yig‘iniga Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyazova, Gulnur Muratbaeva, Sita Kadambaeva, Nilufar Ermaganbetova va Sevinch Isoqovalar jo‘nab ketdi. Delegatsiya tarkibidan shifokor Nelli Stromm ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!