Dzyudochilar uchun madaniy tadbir tashkil etildi (fotogalereya)

  • 3 noyabr, 2019, 19:37
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorilkda Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli madaniy tadbirlar tashkil qilayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘tgan hafta kamondan otish va karate bo‘yicha terma jamoamiz vakillariga o‘tkazilgan madaniy tadbir bugun dzyudochilarimiz uchun tashkillashtirildi. Sport faxriylari, jurnalistlar va taniqli san’at arboblaridan tuzilgan Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qo‘llab-quvvatlash guruhi bugun tushda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida jam bo‘ldi. Shundan so‘ng ishtirokchilar terma jamoamiz vakillari bilan birgalikda avtobusda tadbir o‘tkaziladigan “Ichan qal’a” mehmonxonasiga yo‘l olishdi.

Mehmonxonaning marosimlar uchun mo‘ljallangan restoranida tadbirning badiiy qismi boshlandi. Bayram dasturi boshlanishidan avval MOQ vitse-prezidenti, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diev so‘zga chiqib, sportchilarimizga o‘zlarining iliq tilaklarini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari Ziyoda, Tohir Sodiqov, taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov o‘z ijod namunalarini sportchilarimizga taqdim qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!