Dzyudochilarimizning Ekaterinburgdagi ishlari yurishmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Ekaterinburg shahri dzyudo bo‘yicha katta dubulg‘a turniriga mezbonlik qilmoqda. 15 mart kuni boshlangan musobaqa hamyurtlarimiz uchun omadsiz kechmoqda.

Xususan, bugungi kungi bellashuvlarda -73 kg vazn toifasida dastlab Ulug‘bek Otamurodov saralash bosqichida qirg‘izistonlik Ishen Amanovga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, estoniyalik Oskar Pertelsonni mag‘lub etgan Obidxon No‘’monov ikkinchi bosqichda shvetsiyalik Tommi Matsias to‘sig‘ini engolmadi.

Shuningdek, kun dasturidan o‘rin olgan -81 kg vazn toifasidagi polvonlar bahsida Akmaljon Najmiddinov gretsiyalik Aleksios Ntanatsidisni engolmagan bo‘lsa, Muso Sobirov Rossiya vakili Abbos Azizovga mag‘lub bo‘ldi.

Qayd etish lozim, kechagi kungi bellashuvlarda -60 kg vaznda Kemran Nurillaev dastlabki bosqichda turkiyalik Mirhach Akkushga, -66 kg vazn toifasida esa dastlab chexiyalik Pavel Petrikovni mag‘lub etgan Muhriddin Tilovov rossiyalik Isa Isaevga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, ertangi kungi bellashuvlarda -90 kg vazn toifasida hamyurtlarimizdan Shahzodbek Sobirov rossiyalik Izmail Xamxoevga qarshi tatamiga ko‘tarilsa, +100 kg vazndagi vakilimiz Husniddin Husanov o‘z ishtirokini rossiyalik Anton Krivobokovga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!