ECHL. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishing
UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga bugun start beriladi. Ushbu bosqich doirasida bir qator qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Xususan, "Galatasaroy" o‘z maydonida "Yuventus" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45'da start oladi.
Shuningdek, guruh bosqichida o‘zaro to‘qnash kelgan "Benfika" va "Real Madrid" jamoalari bugun yana bahs olib boradi.
Quyida bugungi uchrashuvlar ro‘yxati bilan tanishing (Toshkent vaqti):
22:45 — "Galatasaroy" – "Yuventus"
01:00 — "Benfika" – "Real Madrid"
01:00 — "Borussiya Dortmund" – "Atalanta"
01:00 — "Monako" – "Pari Sen-Jermen"
Fikrlar