
EChL. "Inter" javob bahsida ham "Milan"ni taslim qildi va finalga yo‘l oldi
EChL yarim finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Milan" uchrashuvining javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona golni Lautaro urdi. Hujumchi 74-daqiqada Lukakudan pasi qabul qilib olib, Menyan darvozasini ishg‘ol qildi.
"Inter" "Milan"ni umumiy 3 ta to‘p farqi bilan taslim qildi. Finaldagi raqib esa "Manchester Siti" - "Real" o‘yinida ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar