ECHL. «Real Madrid» oʻz uyida «Leipzig»ni qiyinchiliksiz magʻlub etdi, «Bavariya» esa «Arsenal» bilan durang oʻynadi
Uchrashuvlar yakunlandi
YECHLning 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
«Real Madrid» o‘z maydonida «Leypsig»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, 43-daqiqada Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Gyuler farqni ikkita oshirdi. Shundan so‘ng Kilian Mbappe hamda Yan Diomande ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona javob golini esa Gomis kiritdi.
Turning yana bir uchrashuvida «Bavariya» «Arsenal» bilan jangovar durang qayd etdi. Birinchi bo‘lib «kanonirlar» a’zosi Eze gol kiritdi. Mezbonlarning javobi uzoq kutirmadi: 35-daqiqada Alfonso Devis muvozanatni tikladi. Harri Keyn o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirib, myunxenliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq o‘yin yakuniga qadar Deklan Rays darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Izohlar (0)