
EChL. "Real" Qozog‘istondan yirik g‘alaba bilan qaytmoqda. Mbappedan xet-trik
UEFA Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Qayrat" - "Real Madrid" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuvda Xabi Alonso shogirdlari 5:0 hisobida Qozog‘iston klubini engdi.
Dastlab, Kilian Mbappe uchrashuvning 25-daqiqasida 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalangan holda, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida esa frantsiyalik forvard Kurtuaning pasidan so‘ng dublni rasmiylashtirdi. Undan so‘ng esa 73-daqiqada xet-trik muallifi bo‘ldi. Shuningdek, oradan 10 daqiqa o‘tib zaxiradan maydonga tushgan Eduardo Kamavinga gol urib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. Bundan tashqari, qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisi o‘tib borayotganda Braim Dias ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi 5:0.
Eslatib o‘tamiz, onlayn turnir jadvalida "qirollik klubi" 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Qayrat" esa hali ochko jamg‘argani yo‘q.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Qayrat
30.09.2025 21:45

Real Madrid
- Kylian Mbappé 25'
- Eduardo Camavinga 83'
- Kylian Mbappé 52'
- Brahim Díaz 90'
- Kylian Mbappé 73'
Fikrlar