
EChL to‘purari otasi bilan birga Manchesterga jo‘nab ketdi
“Red Bull Zaltsburg” klubi hujumchisi Erling Xoland Manchester shahriga yo‘l oldi. Bu haqda Stavanger Aftenbladet xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 19 yoshli futbolchi Angliyaga otasi hamrohligida Norvegiyaning Stavanger shahridan uchib ketgan.
Ma’lumotlarga qaraganda Xolandga “Manchester Yunayted” klubi jiddiy qiziqmoqda. Shaxsan mankuanliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher uni MYuga o‘tishga ko‘ndirish uchun Zaltsburgga borgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xoland “RB Leyptsig” hamda “Borussiya” Dortmund klublari rahbariyati bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xoland joriy mavsum Chempionlar ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi. U ayni damda “Bavariya” forvardi Robert Levandovski bilan bir qatorda musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar