ECHLning yangi mavsumida Angliyadan nechta jamoa ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi
Angliya Premier-ligasi yakunlariga koʻra, 2026/2027 yildgi YEChL umumiy bosqichida Angliyadan 5 ta jamoa ishtirok etadi.
Bunga "Arsenal"ning 1/4 final ilk uchrashuvida "Sporting" ustidan qozongan 1:0 hisobidagi gʻalabasi sabab boʻldi. Ushbu natija orqali Angliya klublari UEFA koeffitsiyentlari jadvalida qoʻshimcha yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, YEChL ishtirokchilari soni 36 taga oshirilganidan keyin, qoʻshimcha ikki yoʻllanma eng yuqori koeffitsiyentga ega davlatlarga beriladi. Ayni paytda Angliya klublari 25,013 ochko toʻplagan. Ikkinchi yoʻllanma uchun Germaniya va Ispaniya kurash olib bormoqda.
Hozirda APL turni jadvalida 5- oʻrinni 49 ochko bilan "Liverpul" egalab turibdi. Undan keyin "Chelsi" (48 ochko), shuningdek "Brentford" va "Everton" (46 ochkodan) joy olgan.
Fikrlar