Eddi Xau nima uchun "Nyukasl"dan iste’fo bergani ma’lum bo‘ldi
Angliyalik mutaxassis Eddi Xau «Nyukasl» bosh murabbiyi lavozimini tark etish haqidagi qarorni shaxsan o‘zi qabul qilgan. Uning fikricha, so‘nggi besh yil davomida klub uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi.
«Nyukasl» rahbariyati murabbiyni jamoa boshida qolishga ko‘ndirishga urinigan, ammo Xau o‘z qaroridan qaytmagan.
Bu haqida Sky Sports jurnalisti Keyt Douni xabar berdi.
Manba ma’lumoticha, murabbiyning ketishi jamoa natijalari bilan bog‘liq emas. Eddi Xau o‘tgan mavsum yakunlangach, «Nyukasl»ni tark etishni rejalashtirgan, ammo klub rahbariyatining iltimosi bilan o‘sha paytda qarorini o‘zgartirgan. Endi esa u baribir jamoani tark etish va murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishga qaror qilgan.
Xau ketish haqidagi yakuniy qarorni taxminan ikki hafta oldin qabul qilgan va klubga o‘ziga munosib voris topish uchun vaqt bergan. Tomonlar do‘stona tarzda xayrlashgan, ular o‘rtasida hech qanday nizo yoki tushunmovchilik yo‘qligi qayd etilmoqda.
«Nyukasl»ni tark etish Xauning o‘zi uchun ham oson bo‘lmagan. U klubdagi so‘nggi kunida his-tuyg‘ularini yashira olmagan. Shu bilan birga, murabbiy o‘z faoliyati davomida jamoaga bor imkoniyatini berganiga ishonch bildirmoqda.

Fikrlar