Edegor: "Santyago Bernabeu" stadioniga qaytish yoqimli bo‘lardi"

  • 6 mart, 06:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal"ning hujumkor yarim himoyachisi va etakchilaridan biri hisoblangan Martin Edegor Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk uchrashuvidan so‘ng keyingi bosqichda "Real Madrid" bilan duch kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Ayniqsa, "Bernabeu"ga qaytish yoqimli bo‘lardi. Avvalo, o‘z ishimizni tugatishimiz kerak, shundan so‘ng kim bilan o‘ynashimizni ko‘ramiz" - dedi norvegiyalik xavbek. 
 
Xabaringiz bor, Mikel Arteta boshchiligidagi "to‘pchilar" EChL nimchorak final bosqichining dastlabki bellashuvida Niderlandiyaning PSV klubini 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, deyarli keyingi bosqich masalasini hal qildi. 

Philips Stadium, UEFA Champions League, round of 16 1st leg, season 2024/25, match between PSV and Arsenal, Arsenal player Martin Odegaard, Arsenal...
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi javob to‘qnashuvi 12 martdan 13 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!