Edinson Kavani shartnomasi oxirigacha PSJda qolmoqchi
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini parijliklar safida davom ettirmoqchiligi haqida aytib o‘tdi.
“Amerika kubogiga ketishdan oldin rahbariyat bilan gaplashdim. PSJda to‘p surayotganimdan faxrlanaman va shartnomam yakunigacha jamoada qolishn xohlayman. Yangi mavsumda albatta jamoada o‘ynamoqchiman”, - deydi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Kavani o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 21ta o‘yinda maydonga tushdi va 18ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar