Edvin van der Sar "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkin
Amsterdamning “Ayaks” klubi bosh direktori Edvin van der Sar “Manchester Yunayted”dan taklif oldi.
Sobiq darvozabonga Manchester klubida sport direktori lavozimini taklif qilishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu taklif Edvinga qiziq tuyulmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan.
Edvin van der Sar 2012 yildan beri "Ayaks" tizimida ishlab kelmoqda va uning Gollandiya grandi bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
Futbolchi sifatida van der Sar 2006 yildan 2011 yilgacha "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan. U klub safida 266 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar