Ekspert: Husanov hozir Ronaldudan kuchli!

  • 21.06.2026 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatining “K” guruhida birinchi turdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir mag‘lubiyat bilan kvartetda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Fabio Kannavaro shogirdlarining keyingi raqibi Portugaliya terma jamoasi bo‘ladi.

Ushbu muhim uchrashuv oldidan har ikki terma jamoaning eng mashhur o‘yinchilari Abduqodir Husanov va Krishtianu Ronalduni bir biri bilan taqqoslashmoqda. Aslida 23 iyunga belgilangan o‘yinda ular bevosita bir biriga qarshi o‘ynaydi. Ronaldo hujum uyushtiradi, Husanov himoyalanadi.

Xo‘sh, ayni paytda kim kuchli?

Jahon chempionatining guruh bosqichidagi muhim o‘yin oldidan Qozog‘istonlik futbol eksperti Iskander Sergaliev YouTube kanalidagi podkastida “Abduqodir Husanov Portugaliya termasining asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduni to‘xtata oladimi?”, degan savolga javob berdi.

- Jismoniy tomondan qarasak, Abduqodir Husanov albatta ustun. Lekin to‘g‘ri pozitsiya tanlash ham muhim omil hisoblanadi.

Husanovning yaxshi paslari yaqindagina paydo bo‘ldi. Biz uning “Manchester Siti”dagi dastlabki o‘yinlarini eslaymiz. “Chelsi”ga qarshi bahsda xatolarga yo‘l qo‘ygan edi.

Ammo shundan keyin u ancha o‘sdi va Angliya Premer-ligasining eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylandi.

Jismoniy imkoniyatlar nuqtai nazaridan Husanov Portugaliya termasidagi istalgan futbolchi bilan raqobat qila oladi, - dedi Iskander Sergaliev.

Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsga AQShning Xyuston shahridagi 72220 o‘rinli “Houston Stadium” arenasi mezbonlik qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Portugaliya birinchi turda Kongo Demokratik Respublikasini yenga olmadi. Bahsda 1:1  hisobida kuchlar teng keldi. O‘sha uchrashuvda Krishtianu Ronaldo eng bo‘sh o‘ynagan futbolchilardan bo‘ldi. Whoscored ma’lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli yulduz 90 daqiqa o‘ynagan futbolchilar orasida to‘pga eng kam – 25 marotaba tegindi xolos.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa, birinchi turda Kolumbiya futbolchilariga 1:3 hisobida yutqazdi. Bu bahsda Abduqodir Husanov ham imkoniyatidan past darajada o‘ynadi. 22 yoshli himoyachimiz raqibning eng xavfli hujumchisi Luis Diasga gol va assist rasmiylashtirishiga qarshilik qilolmadi.

Endi futbol jamoatchiligini uzoq yillik faoliyati davomida katta tajribaga to‘plagan Krishtianu Ronaldo va zamonaviy yangi avlod himoyachilaridan Abduqodir Husanovning o‘zaro dueli qiziqtirib turibdi.

Faizullaev bir gol bilan kolumbiyalik qizlar yoqimtoyiga aylandi

O‘zbekistonning mag‘lubiyatdan keyingi ishi meksikaliklarni hayratga soldi

O‘zbekiston mana shu futbolchilar sabab yutqazdi!

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!