
Ektor Kuper qo‘l ostida Suriya terma jamoasi o‘yinlarda qanday natija qayd etmoqda?
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining ilk bahsida Ektor Kuper qo‘l ostidagi Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Xo‘sh, argentinalik mutaxassis qo‘l osgida Suriya qanday natijalar qayd etgan? Kuper davridagi Suriyaga nazar tashlaymiz.
2023 yilning 2 fevral sanasida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan tajribali mutaxassis qo‘l ostida jamoa umumiy hisobda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularning 8 tasi o‘rtoqlik maqomida o‘tgan bo‘lsa, 2 tasi rasmiy edi.
Natijalarga birma-bir e’tibor qaratamiz.
2023 yil 25 mart. Suriya - Tailand 3-1.
Bugun terma jamoa safida yo‘q bo‘lgan Omar Al Soma gol urgan bahsda Suriya irodali natija qayd etib 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bu bahsni tomosha qilar ekanman, hozirgi Suriya bilan 1 yil avvalgisi o‘rtasida sezilarli farq bor ekanligi darrov ko‘zga tashlanadi.
2023 yil 28 mart. Suriya - Bahreyn 0-1.
Oradan 3 kun o‘tib Kuper yangi ish joyidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oladi. Bahrayn bilan bahsda Suriya yaxshiroq ko‘ringaniga qaramay, vaziyatlaridan foydalana olmagani uchun keskin jazolandi.
2023 yil. 20 iyun. Vietnam - Suriya 1-0
Navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida Suriya Vietnamga mag‘lub bo‘ldi. Bu paytga kelib, Kuper o‘zining (o‘yini tomosha qilishdan so‘ng paydo bo‘lgan xulosalar) chuqur himoyadan hujum boshlash strategiyasini termaga singdirishga harakatni boshab yuborgan edi. Bahs davomida mehmonlar juda ko‘plab yangi detallarni sinovdan o‘tkazib olgan.
2023 yil. 6 sentyabr. Suriya - Malayziya 2-2.
Kuper shogirdlari murabbiy nima talab qilayotganini anglab etgan o‘yin deb bemalol aytish mumkin. Avvaliga 2 ta gol urib hisobda oldinga chiqqan Suriya yakunda 2 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. Aynan shu bahs Suriya futbol ishqibozlari uchun Ektor Kuperga bo‘lgan munosabatni salbiy tomonga burulishining boshlanishi bo‘ldi.
2023 yil. 12 sentyabr. Xitoy - Suriya 0-1.
6 kundan so‘ng, Suriya bilan bahsda qo‘p xatosi uchun jazolangan Xitoy Kuper uchun xalaskorga aylandi. "Qizillar" bahs davomida raqibdan kamroq imkoniyat yaratganiga qaramay, yakunda g‘olib chiqishni uddaladi.
2023 yil. 17 oktyabr. Suriya - Quvayt. 2-1.
Omar Al Soma kiritgan yagona golga Quvvayt ikkinchi bo‘limda 2 marotaba javob berishni uddalagan Quvayt Suriyaga o‘rtoqlik o‘yindagi navbatdagi mag‘lubiyatini "taqdim" etdi. Aynan shu bahs jamoaning 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashi oldidan so‘nggi repetitsiya vazifasini bajarib berdi.
2023 yil. Suriya - Shimoliy Koreya 1-0.
Kuperning ilk rasmiy o‘yini kutilganidek kichik hisobdagi g‘alaba bilan yakunlandi. Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol hozir kubogiga olib ketilmagan Omar Al Soma hisobiga yozildi. Bu 3 ochko Ektor Kuperni o‘z lavozimida qolishini ta’minladi.
2023 yil. Suriya - Yaponiy 0-5.
Osiyo chempionligi uchun asosiy favorit sanalgan Yaponiya terma jamoasi JCh saralashining ikkinchi o‘yinida Suriyaga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo‘q. Sekin-asta etnik suriyaliklarni mahalliylashtirishni boshlagan Kuper bu bahsda kutilganidek super-ximoya uslubida ham omon chiqa olmadi.
2024 yil. 5 yanvar. Suriya - Qirg‘iziston 1-1.
Yopiq eshiklar ortida kechgan bahs Osiyo kubogi oldidan so‘nggi mashg‘ulot vazifasini bajarib berdi. Katta o‘yinlar uchun kichiklaridan voz kechib yuborishga odatlangan Ektor Raul Kuper bu safar to‘liq ikkita tarkibni ko‘rib oldi.
2024 yil. 8 yanvar. Suriya Malayziya 2-2
Yana bir yopiq o‘tgan bahsda Suriya durangga imzo chekdi. Kuper boshqaruvida jamoa Malayziya bilan ikkita o‘yinda bir raqib bilan bir xil natija qayd etdi.
Umumiy xisobda Suriya yangi bosh murabbiy qo‘l ostida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Unda 4 mag‘lubiyat, 3 g‘alaba va 3 ta durang qayd etildi.
Fikrlar