"El Chiringuito": "Real" Xamesni olib qolishga qaror qildi
Ispaniyaning "Real" klubi o‘z yarim ximoyachisi Xames Rodrigesni qo‘yib yubormaslikka qaror qildi, - deb xabar bermoqda "El Chiringuito".
Asensio jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan so‘ng, Madrid klubi Xamesni sotib yubormaslikka qaror qildi.
"AS" nashri ham xabar qilmoqdaki, Xamesning ketishi shubxali holatda. Zidan tomonidan bu borada ortiqcha ishoralar ko‘rinmadi.
Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik futbolchiga "Napoli" va "Atletiko" qiziqish bildirayotgan edi.

Fikrlar