"El-klasiko" oldidan "Barsa" muxlislari uchun 2 ta xushxabar! (qaydnoma)

  • 9 aprel, 2021, 17:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

eErtaga butun dunyo futbol ixlosmandlari katta qiziqish bilan qarshi oladigan "el-klasiko" bo‘lib o‘tadi. Bu safargi o‘yin Ispaniya La Ligasi 30-turidan o‘rin olgan uchrashuv hisoblanadi.

Tecno

Mazkur qarama-qarshilik katta ehtimol bilan joriy mavsum chempionlik masalasiga oydinlik kiritib berishi kutilmoqda. Boisi, jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashgan va peshqadam "Atletiko" bilan farq ham ko‘p emas.

Boz ustiga, kataloniyaliklar ketma-ket uch o‘yindan beri printsipial raqibini mag‘lub eta olmayapti. So‘nggi to‘qnashuvda "Qirollik klubi" "Kamp Nou"dan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytgandi. Biroz avval, kataloniyaliklar bosh murabbiyi bu safargi "el-klasiko" uchun qaydnomani e’lon qildi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Ushbu ro‘yxatga jarohatidan tiklangan Jerar Pike hamda Serxi Roberto qaytdi va endi ular "Real"ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, "Alfredo Di Stefano" o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan bahs 10-dan 11 aprelga o‘tar kechasi start oladi. 

IMG_20210409_164904

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!