"El-klasiko"da "Real" asosiy tarkibining 4 vakili qatnashmaydi (qaydnoma)

  • 9 aprel, 2021, 21:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Avvalroq, «Barselona» klubining «el-klasiko» uchun qaydnomasi bilan tanishtirgan edik.

Mazkur bellashuv uchun madridliklarning kengaytirilgan ro‘yxati ham e’lon qilindi. Undan 19 nafar futbolchi o‘rin egalladi.

Printsipial o‘yinga qadar safga qaytishi taxmin qilingan Eden Azar «Barselona»ga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligi oydinlashdi. Shuningdek, koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan Rafael Varan hamda jarohatidan to‘liq tiklanishga ulgurmagan Dani Karvaxal ham «Qirollik klubi»ga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida "qaymoqranglilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

IMG_20210409_192238_627

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!