
"El-klasiko"dan oldin "Real" muxlislari uchun noxush xabar!
Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigo Goes Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. Endi braziliyalik futbolchi La Liganing 11-turida "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Ispaniyaning Relevo internet nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvi 26 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.
Ayni damda, Ispaniya chempionatida “Barselona” peshqadamlik qilmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" 10 o‘yindan 27 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Hisobida 24 ochko bo‘lgan "Real" ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar