Eldor o‘tgan yilgi ishni takrorlay oladimi?
Bugun Rossiya premer-ligasining uchinchi tur uchrashuvida Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” Moskvada “Dinamo” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Bu jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 50 marotaba kuch sinashgan. Ana shu o‘yinlardan 22 tasida moskvaliklarning qo‘li baland kelgan. “Rostov” 11 ta o‘yinda zafar quchgan va 17 ta bahsda g‘olib aniqlanmagan.
O‘tgan mavsumda jamoalar birinchi davrada “Rostov” maydonida kuch sinashdi va mezbonlar Ivelin Popov, Eldor Shomurodov va Baxtiyor Zaynutdinovning gollari evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Chempionatning ikkinchi yarmida “Dinamo”o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan.
Bu galgi uchrashuv ham keskin va murosasiz o‘tishi kutilmoqda.
O‘yin Toshkent vayati bilan 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar