Eldor Sakaev o‘ziga ish topdi

  • 9 iyun, 2021, 18:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liga klublarida ham murabbiylar iste’folari kuzatilmoqda.

Yodingizda bo‘lsa, yaqinda “Yangier”da ana shunday o‘zgarish kuzatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mavsum boshida ishga kirishgan Eldor Sakaev o‘rniga Azamat Abduraimov tayinlangandi. Natijada Eldor Usmonovich ishsiz qolgandi.

Kuni kecha  murabbiyga “Oqtepa” jamoasidan taklif tushgan. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Eldor Sakaev ushbu klubda bosh murabbiy lavozimida ishga kirishdi.

2014-2016 yillar davomida ham Eldor Usmonovich “Oqtepa” jamoasini boshqarganini aytish joiz. Ayni paytda mazkur klub pro-ligada 7 ochko bilan 8-o‘rinda boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!