Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi

  • 3 iyul, 12:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubiga ko‘chib o‘tishi tobora oydinlashmoqda.

Tecno

Italiyalik mashxur jurnalist va insayder Nikola Skira bergan ma’lumotlarga qaraganda Shomurodov turk klubi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Istanbul klubi yangi mavsumdan yaxshi natijalar qayd etishni maqsad qilgan. Shu sababdan tarkibni kuchaytirmoqchi va xujum chizig‘i uchun aynan Eldorni eng optimal variant sifatida ko‘rmoqda. Forvardnning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.

Malumot uchun, 30 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda "Roma"da umumiy 37 o‘yinda maydonga tushda va o‘z xisobiga 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!