
Eldor Shomurodov uchun "Rostov"ga 15 mln evrolik taklif tushdi. Qiziq, u qaysi klubdan?
Anchadan beri hamyurtimiz Eldor Shomurodovga xorijdan, jumladan, Germaniyadan takliflar tushmoqda. Oxirgi xabarlarga qaraganda, hujumchimizga Germaniya klubidan yana bir taklif tushgan. Bu haqda sport-express.ru nashri xabar berdi.
Shomurodovning agenti Kaxor Muminovning aytishicha, yozda futbolchi uchun «Shtutgart» va TsSKA 10 million evro taklif qilgan. Qolaversa, Eldor uchun hozirgi paytda Germaniya klublaridan biri: Shomurodovni 15 million evroga qo‘yib yuborasizlarmi?» deya so‘rov yuborgan. Ammo SE nashri Eldor Shomurodovga aynan qaysi klubdan taklif tushgani borasida ma’lum qilmagan.
Voqealar rivojini kuzatamiz!
Fikrlar