
Eldor Shomurodovni o‘ynatmay qo‘ygan "Roma" osiyolik boshqa hujumchiga jiddiy qiziqmoqda
"Zenit" hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
"Match TV" kanalining ma’lum qilishicha, eronlik futbolchiga "Roma" va "Fiorentina"dan jiddiy qiziqish bor. Ushbu klublar vakillari Chempionlar ligasi doirasidagi "Yuventus" - "Zenit" uchrashuviga tashrif buyurgan.
26 yoshli hujumchi o‘yinning 92-daqiqasida "keksa senora" darvozasini ishg‘ol etdi. Serdarning peterburgliklar bilan amaldagi shartnomasi yil so‘ngiga qadar mo‘ljallangan. Azmun joriy mavsum "Zenit" safida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol va 4 assist muallifiga aylangan.
"Roma"da boshqa bir osiyolik hujumchi, legionerimiz Eldor Shomurodov to‘p tepmoqda.
Fikrlar