Eldor Shomurodovning "Salernitana"ga transferi barbod bo‘ldi

  • 2 fevral, 2024, 04:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshida "Kalyari"ga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga o‘tgan Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishga juda yaqin keldi. Ammo bu transfer so‘nggi soatlarda barbod bo‘ldi. 

A Seriyaning 20-o‘rinida borayotgan "Salernitana" klubi hujumchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishga harakat qilib ko‘rdi. Dastlab, Jerom Boateng va Marko Pellegrinolarni o‘z safiga qo‘shib olgan jamoa Kabral "Olimpiakos"ga o‘tganidan keyin bitta strayker bilan shartnoma imzolashga harakat qildi.

Salernoliklar "Roma" bilan kelishuvga erishdi. Rimliklar terma jamoamiz sardorini "Kalyari"dan "Salernitana"ga o‘tkazishga qaror qildi, lekin sardiniyaliklar taklifga rad javobini berdi. 

Shomurodovning o‘zi ham mavsum yarmida jamoasini o‘zgartirishga qarshi emasdi. Bundan oldin unga Italiyaning boshqa klublari ham qiziqish bildirdi. Ammo faol harakatlar bo‘lgani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
02/02/2024 07:43
Бу ҳам машариповга ўхшаб Ўзбекистонга қайтса керак.