
Elnur Abduraimov raqibini nokautga uchratdi (Video)
Meksikada tashkil etilgan professional boks oqshomida yana bir Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan yurtdoshimiz Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) ham engil vazn (61 kg) toifasida o‘z jangini o‘tkazdi. Unga o‘zi kabi mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirayotgan Abraxam Oliva (4-1, 3KO) raqiblik qildi.
Jangning birinchi raundidayoq yurtdoshimiz Abraxamdan ikki bosh ustunligini isbotlab, kuchli zarbasi evaziga nokautga uchratdi va professional yo‘nalishdagi oltinchi g‘alabasini nishonladi.
Quyida ushbu nokautni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar