
Daniel Roman Murodjon Ahmadaliev bilan revansh xohlamoqda
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida ( 55.kg) sobiq jahon chempioni Daniel Roman (28-3-1, 10 KO) hozirda WBC yo‘nalishida majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Biz Romanning rejalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida uning murabbiyi Eddi Gomes bilan bog‘landik.
"Hozirda Roman WBC jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. Ammo ushbu kamar sohibi Luis Neri ( 31-0, 24KO) WBA Regular kamari egasi Brendon Figeroa (21-0, 16KO) bilan jang qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Hozirda biz hamkorlik qilayotgan PBC promouterlik kompaniyasi kelasi yili fevral, mart oylarida ushbu vaznda o‘z bokschilari bilan kichik turnir o‘tkazmoqchi. Roman ham ushbu mini turnirda ishtirok etadi. Bizga chempionlik jangi berilsa, Roman Nerini mag‘lub etishiga ishonamiz. Birinchi navbatda barchasidan ham ko‘ra, Roman Murodjon Ahmadaliev bilan revansh jangini xohlamoqda. Bu jang 122 funtda katta qiziqishga sabab bo‘lgan bo‘lardi",- dedi Eddi Gomes.
Eslatib o‘tamiz, Daniel Roman joriy yilning 30 yanvarida o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievdan majburiy himoya qilgan va ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Roman WBC eliminator jangida Xuan Karlos Payanoni (23-4, 9 KO) mag‘lub etib, ushbu yo‘nalishda majburiy da’vogarga aylangan.
Fikrlar