Emeri "Arsenal" bilan uch yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyiga aylanishga juda yaqin turibdi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 46 yoshli mutaxassis “kanonirlar” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va uning London klubidagi yillik maoshi 5 mln funtni tashkil etadi.
Eslatib o‘tish lozimki, ushbu lavozimga bundan avvalroq “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga assistentlik qilib kelayotgan Mikel Artetaning nomzodi ilgari surilayotgan edi. Ammo Artetaning transferlar bo‘yicha klub rahbariyatiga qo‘ygan sharti maqul kelmagach, “Arsenal” aynan Emeri nomzodiga to‘xtalishgan.
Ma’lumot uchun, Emeri so‘nggi ikki mavsumni PSJ klubida o‘tkazdi va 7ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar