Emeri Jakani transferga qo‘ydirmoqchi

  • 15 aprel, 2019, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenad” klubi yarim himoyachisi Granit Jaka mavsum yakunlangan londonliklar safidan ketadi. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli shveytsariyalik futbolchi “kanonirlar” ustozi Unai Emerining yangi mavsum rejalariga kirmaydi. Shu bois ispaniyalik mutaxassis ushbu futbolchini mavsum yakunlangach transferga qo‘ydirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jakaga Milanning “Inter” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Jaka joriy mavsum APLda jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!