
Emiliano Martines: “Barcha bizga qarshi edi”
Argentinaning Jahon chempionatida finalga qadar etib kelishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan Emiliano Martines terma jamoaning Saudiya Arabistoniga engilganidan keyingi holati haqida gapirdi.
“Birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Odamlar bizdan shubhalana boshladi. 36 talik mag‘lubiyatsiz seriyamizga nuqta qo‘yildi. Meksikaga qarshi uchrashuv biz uchun asabiy o‘tdi. O‘sha paytda butun dunyo bizga qarshi edi. Hamma yutqazishimizni xohlagandi,” – dedi “Aston Villa” darvozaboni.
“Ayni damda 45 million argentinalik bizni qo‘llab-quvvatlayotganidan xursandman. Jamoamizda 26 ta jangchi bor”, - deya qo‘shimcha qildi Martines.
Ma’lumot o‘rnida, Argentina finalda Frantsiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu ikki terma jamoa o‘tgan mundialda ham to‘qnash kelgandi. O‘shanda frantsuzlar 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar