
Endi Angliyaning ham yangi to‘purari bor
2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turniri birinchi turida Angliya terma jamoasi safar uchrashuvida italiyaliklarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Muhim bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Harri Keyn o‘z nomini tarixga muhrladi.
“Tottenxem”dan chaqirtirilgan hujumchi xalqaro maydondagi gollari sonini 54-taga etkazib, Angliya terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylandi.
Italiyaliklar darvozasini ishg‘ol qilish orqali Harri Keyn avvalgi rekordchi – terma jamoa uchun 53 ta gol urgan Ueyn Runidan o‘zib ketdi.
Umumiy hisobda, Harri Keyn xalqaro maydonda 81 ta uchrashuvda qatnashib, 54 ta gol va 17 ta assist qayd etgan.
29 yoshli forvardning bundan keyin terma jamoada kiritadigan har bir to‘pi yangi rekord natija sifatida qayd etilaveradi.
Fikrlar