Endi "Barsa" ham Firmino uchun kurashga qo‘shildi

  • 25 mart, 2023, 16:00
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" klubi "Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda taniqli "Fichajes" nashri xabar berdi. 

Firminoning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. U hozircha klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuv haqida bosh qotirmayapti. Oldinroq hujumchining o‘zi yozda yangi klubga o‘tishi haqida gapirib o‘tgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Robertoga "Barsa"dan tashqari "Napoli", "Inter" hamda "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!