
Endi “Bavariya” chempion bo‘lmaydi!
“Borussiya”ning sobiq futbolchisi Yurgen Koler kelasi mavsumda Germaniya chempionatida “Bavariya”ning gegemonligiga barham berilishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Bundesligada chempion o‘zgaradi.
- Kelasi mavsumning asosiy favoriti Dortmudning “Borussiya”si hisoblanadi. “Bavariya” emas. Dortmundliklar ajoyib o‘yinchilar bilan tarkibni kuchaytirib oldi va transfer bozoridagi faolligini davom ettirmoqda. Bu transferlar orqali “Borussiya” yangi bosqichga ko‘tariladi.
“Bavariya” esa “Ayaks”dan ikki o‘yinchini sotib oldi. Lekin ularning nimalarga qodirligini hech kim bilmaydi. Bundan tashqari, myunxenliklar asosiy to‘purar Robert Levandovski masalasini hal qilmagan. Ha, ular Sadio Maneni ham o‘z safiga qo‘shdi. Lekin u Levandovskining o‘rnini bosolmaydi. Senegallik futbolchining hujumdagi vazifalari umuman boshqacha, - dedi Yurgen Koler.
“Borussiya” futbolchilari o‘tgan mavsumni “Bavariya”dan keyin ikkinchi pog‘onada yakunladi.
Fikrlar