“Inter” o‘z yulduzlarini sotib, tarkibni qayta tuzadi

  • 16 aprel, 2022, 09:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erisha olmayotgan Italiya chempioni – “Inter” kelasi mavsum jamoa tarkibini tudban o‘zgartirishga qaror qildi.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, milanliklar hozirgi etakchilari – hujumchi Lautaro Martines va ikki himoyachi – Alessandro Bastoni va Milan Shkrinyarni yozgi transferlar vaqtida sotib yuboradi.

Evropaning qator grandlari e’tiborida turgan bu futbolchilar transferidan keladigan mablag‘ yangi tarkibning etakchilari bo‘lishi kutilayotgan o‘yinchilarga sarflanadi. Xususan, “Inter” mavsum yakunlanishi bilanbirinchi bo‘lib, “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib oladi.

Shuningde, milanliklar “Real”dan serbiyalik hujumchi Luka Yovichni, “Sassuolo”dan italiyalik forvard Janluka Skamakkani va “Torino”dan braziliyalik himoyachi Gleyson Bremerni sotib olishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!