Endi Mbappe 100 million evroga boyiydi

  • 10.03.2023 15:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati jamoaning asosiy yulduzi Kilian Mbappeni tarkibda saqlab qolish uchun har qanday xarajatga tayyor.

L'Equipe nashrining ma’lum qilishicha, klub futbolchining shartnomasiga sodiqlik bonusini kiritgan. Agar 24 yoshli hujumchi yozda boshqa klubga o‘tib ketmasa, parijliklar uni 100 million evro bilan mukofotlaydi.

Aslida Mbappening bitimida turli optsiyalar borligi aytilmoqda. Masalan, PSJ Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanida to‘purarning shartnomasi avtomatik tarzda uzaytirilardi. PSJ xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmasligini inobatga olib, mutasaddilar qo‘shimcha tarzda sodiqlik bonusini kiritgan edi.

Mbappe PSJda 2018 yildan beri o‘ynamoqda. U o‘tgan yozda “Real” taklifini qabul qilmasdan, parijliklar bilan hamkorligini 2025 yilning yarmigacha uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!