Innovatsiya! Ronaldu tezligini oshiradigan butsa topdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu tezligini oshirish maqsadida butsalariga regbi poyafzalining tishlarini o‘rnatmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, regbi butsalarining tishi chim ustiga yaxshi o‘rnaydi va bu tezlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu usulni birinchi bo‘lib “Monpele” hujumchisi Andi Delor qo‘llagan.
28 yoshli forvard 19 fevral kuni yangicha tish qoqilgan butsada soatiga 36,8 kilometr tezlikni qayd etdi va bu Frantsiya chempionati rekordi sifatida ro‘yxatga olindi.
A Seriyada 22 ta uchrashuvda 21 ta gol urgan Ronaldu yangi usuldagi butsalar unga himoyachilar oldida ustunlik berishiga ishonmoqda.
Fikrlar