Endi Ruisning g‘alabasi siri nimada? (Mutaxassislar fikri)

  • 4 iyun, 2019, 17:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Bu borada xorij matbuotida turli xil mulohazalar yangramoqda. Biz ham bu borada yurtimiz va qo‘shni davlatlarning ba’zi bir boks olamidagi mutaxassislariga Endi Ruis g‘alabasining siri nimada? deya savol bilan murojaat qildik. Aksariyat mutaxassislarning fikr-mulohazalari deyarli bir xil bo‘ldi. Quyida ushbu javoblarni e’tiboringizga xavola etamiz.

Nabijon Ismonov – O‘zbekiston professional boks Federatsiyasi mutasaddisi, murabbiy

42888264_278018983039879_7200454290253545472_n

- Professional boks shunisi bilan qiziq. Oldindan kim g‘olib bo‘lishini aytish juda qiyin. Chunki, butun raundlar davomida ustunlik qilib, bitta xato, bitta aniq zarbani o‘tkazib yuborishi oqibatida mag‘lubiyatga uchrashi mumkin. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, ringda kim jangga to‘la tayyor bo‘lsa, kim kuchli bo‘lsa o‘sha g‘alaba qozonadi. Mazkur jangda meksikalik bokschi kuchli ekanligini isbotladi. Joshua esa Ruisni nokautga uchratganidan so‘ng, g‘alaba qozonishiga ishonchi ortib, xatoga yo‘l qo‘ydi va oqibatda ayanchli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.


Zufar Sulaymonov – O‘zbekiston professional boks terma jamoasi bosh murabbiyi

46766054_2317227018349299_3606298289705582592_n (2)

- Avvalo, Joshua raqibni mensimasdan harakatlandi. U jangdan avval yutib bo‘ldim deb o‘ylagandi. Bu o‘sha matbuot anjumanlaridagi, vazn o‘lchash marosimidagi holatlarda ham o‘z aksini topgandi. Qolaversa, uning xatosi yaqin masofada jang olib borgani bo‘ldi.


Ravshan Xojaev - murabbiy

54436182_778229142556703_5573457430840344576_n

- Jangga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘ra olmagan. Raqibga ham etarlicha baxo bermaganligi ko‘rinib qoldi. Juda ham o‘ziga ishonib yubordi. Har doimgidek nokautga uchrataman deb o‘yladi. Bilmadiki, bu boksda hamma narsa abadiy emasligini.


Garib Orujov – sobiq bokschi, murabbiy (Ozarbayjon)

25592129_109993156464791_5806423962996480497_n (1)

- Qanaqa sir bo‘lishi mumkin? Bu boks. Kecha Ruis kuchli edi. Joshua raqibining kuchiga etarli baho bera olmadi. Bu uning eng katta xatosi edi. Meksikalikka esa gap yo‘q. Joshuaning kuchsiz jihatini his qildi va undan unumli foydalana oldi.


Yan Kulkov – sobiq jahon chempioni, murabbiy (Rossiya)

21729_1055375604489961_3177725196246045708_n

Entoni Joshua kuchiga ortiqcha baho berib yubordi. O‘z o‘rnida raqibining salohiyatiga past nazar bilan boqdi. Bu xato edi. Ruisning g‘alabasining asosiy sirlaridan yana biri mehnat va o‘z kuchiga ishonishida bo‘ldi.


Jamoliddin Qodirov – sobiq sportchi, mutaxassis

48051549_756708508055351_1798720526764474368_n

- Joshua raqibiga etarli baho bera olmadi. Revansh albatta bo‘ladi va unda Joshua g‘alaba qozonadi. Bu mening shaxsiy fikrim albatta.


Quvonch Toyg‘anboev – sobiq bokschi,murabbiy

Kuvonch

- Joshuaning yulduzlik kasaliga chalinganligi uning eng katta xatosi. Ringdagi har bir raqibga xurmat bilan qarash kerak. Chempionlikning, g‘alabaning siri shunda. Joshua o‘rta masofada jang olib borgani ma’qul edi. Nokdaundan keyin tezroq g‘alaba qozonish istagida oldinga otildi. Yaqin masofa esa, Ruisga qo‘l keldi.


Bobur Najmiddinov - Cocky Bufflo promousheni murabbiyi

49324191_774945172877447_939303841487126528_n

- Shunchaki, Endi Ruisning aktivligi, ko‘plab zarbalar yo‘llaganligi qolaversa Joshuaning o‘zining kuchiga yuqori baho berganligida bo‘ldi.

Ziyoyitdin Toyg‘onboev – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy

58586631_2028392023926794_5185963630264320000_n

- Jang avvalida kuchli zarba o‘tkazib yubordi.Aynan shu zarba jang taqdirini xal qildi deb o‘ylayman. Chunki, Joshua keyin o‘ziga kela olmadi.

Elmurad Amanboev – penchak silat bo‘yicha murabbiy

60963238_881350178881381_7851587047612481536_n

- Birinchi raunddagi kuchli zarba Ruisning g‘alabasiga zamin bo‘ldi deb o‘ylayman. Qolaversa, qolgan raundlarda Joshuaning oldinga otilib zarba berishidan meksikalik bokschi unumli foydalana oldi. G‘alaba shu omillar hisobiga keldi deb o‘ylayman.

Xusniddin Po‘latov – bokschi WBA Asia kamari sohibi

34686229_121212712100315_1505472482054766592_n

- Jang avvalida ba’zi bir do‘stlarimga bugun Joshua yutqazadi deb aytgandim. Chunki, Ruisni janglarini internet orqali topib kuzatdim. Unda o‘ziga xos kuchli zarba bor ekan. Povetkinning ham zarbasi Ruisdagi kabi kuchli bo‘lganda, rossiyalik bokschi ham g‘alaba qozongan bo‘lardi. Chunki, o‘sha jangning 1-3 raundiga qadar Povetkin ajoyib zarbalar yo‘llay olgandi. Shunchaki kuchi etarli bo‘lmagandi deb o‘ylayman. Qolaversa, meksikalik bokschining aqlli yurishlari bor ekan.

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!