Endi Xolandni faqat ikki klub transfer qila oladi!
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Erling Xolandni uzoq muddatli shartnomaga ko‘ndirdi va tomonlar 2034 yilning yarmigacha hamkorlik qiladigan bo‘ldi.
Bu bitim orqali Xolandning hisobiga har ikki hafta bir million funt sterlingdan pul tushib turadi. Har holda 9,5 yillik shartnomaga ko‘ndirish uchun “shaharliklar” 24 yoshli hujumchiga haftasiga 500 ming funtdan maosh to‘lashga rozilik bergan.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, yangi shartnomada Xolandni sotib olish uchun badal puli ko‘rsatilmagan va avval ko‘rsatilgan summalarning barchasi olib tashlangan. Shunga qaramay, norvegiyalik to‘purar boshqa superklublarga o‘tish imkonini saqlab qoldi.
Manbaning ta’kidlashicha, faqat “Real” va PSJ klublarida Xolandni maxsus formula orqali o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati bo‘ladi.
Shunga qaramay, hozircha Erling Xolandda boshqa klubga o‘tish rejasi yo‘q. Mohir to‘purar bundan buyon bor e’tiborini “Manchester Siti”ga qaratishini ma’lum qildi.



Fikrlar