Endrikning jahli chiqdi!

  • 8 avgust, 15:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Endrik "Real"ning 9-raqamni Gonsalo Garsiyaga berish qaroridan norozi. 

Tecno

"Goal" nashrining xabar berishicha, 19 yoshli braziliyalik hujumchining kiynish xonasidagi xatti-harakatlari uning 9-raqamni ololmaganidan g‘azablanganligini ko‘rsatmoqda. 

"Real"da Kilian Mbappe 10-raqamni tanlagach, "to‘qqizlik" bo‘sh qolgan edi. Natijada bu raqam klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati to‘purari bo‘lgan "qirollik" klubining 21 yoshli tarbiyalanuvchisi Gonsaloga berildi.

"Qaymoqranglilar" hujumchi uchun kelgan takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas. Jamoa Endrikni  saqlab qolishni maqsad qilgan va klub braziliyalikni Mbappega raqobatchi sifatida ko‘rmoqda. Yaqinda futbolchi sonidan olgan eski jarohati qaytalangaligi tufayli sentyabrning o‘rtasiga safdan chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!