Eng muammoli nuqtaga bahaybat o‘yinchi keladi

  • 11 mart, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida ham tarkibini tartibga solishni davom ettiradi. Markaziy himoya bu jamoada ham eng muammoli nuqta hisoblanadi.

Taniqli insayder Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” bu kamchilikka echimni A Seriyadan topdi.

Londonliklar “Bolonya”ning baquvvat himoyachisi Sem Byokemani nishonga oldi. Yaqinda “Chelsi” skautlari Italiyaga borib, 26 yoshli o‘yinchining harakatlarini bevosita uchrashuv davomida kuzatgan va tegishli xulosalarni olgan.

Niderlandiyalik himoyachini olish uchun “Chelsi” Evropaning boshqa klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. 22 million evroga baholanayotgan himoyachiga “Inter”, “Yuventus”, “Atletiko” va “Real” ham da’vogarlik qilmoqda.

Sem Byokema himoya markazini boshqarish bilan birga kerakli vaziyatlarda hujum tashkil qilishni ham yaxshi uddalaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!